Barcha yangiliklar
Sessiya oldi o‘rganish
Gallery image 232160
Gallery image 232161
Gallery image 232162
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
04 Sen 2026
18:27

Sessiya oldi o‘rganish

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sessiya oldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Xususan, "Adolat" SDPdan saylangan tuman Kengashi deputatlari M.Raximova hamda Kotibiyati mudiri M.Urazbayevlar Amudaryo tumanidagi maktab va maktabgacha ta'lim muassalarida bo‘lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar holatini atroflicha o‘rganildi hamda maktabgacha ta’limni takomillashtirish va rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi borasidagi faoliyat tahlil qilindi.

Navbatdagi sessiya kun tartibiga Amudaryo tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining “Amudaryo tumanida maktabgacha ta’limni takomillashtirish va rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi bo‘yicha” hisobotini tinglash masalasi kiritilgan.