Barcha yangiliklar
Xotin-qizlar muammolari deputat nazoratida
Gallery image 2148
Gallery image 2149
Gallery image 2150
Gallery image 2151
Gallery image 2152
Gallery image 2153
Gallery image 2154
ISMATOV SHERZOD NEMATILLOYEVICH
30 May 2023
05:20

Xotin-qizlar muammolari deputat nazoratida

OʻzLiDePdan tuman Kengashi deputati Shamsiya Saidova "Diyor" MFYda faollar bilan birgalikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan va kiritilayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini oʻrganish va amaliy yordam berish maqsadida uyma-uy yurgan holda oʻrganishlar olib bordi. Oʻrganishlar jarayonda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab oldi.

 Shuningdek, "Bir deputat- yuz ayolga koʻmakchi" loyihasi doirasida ushbu hududda issiqxona orqali oʻz daromadlarini oshirayotgan xonadonlarda boʻlib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda hududda mavjud ishsiz va ehtiyojmand xotin-qizlarni tadbirkorlikka yoʻnaltirish borasida tushuntirish ishlarini olib bordi.