Barcha yangiliklar
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
Gallery image 232095
Gallery image 232096
Gallery image 232097
Gallery image 232098
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
04 Sen 2026
17:57

Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosai S.Jabborovlar bilan birgalikda “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi o‘rganishlar olib borildi.

🟢 O‘rganishlar davomida “Obod” ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Qosimov bilan uchrashilib, hududdagi mavjud muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

🟢 Suhbat davomida fuqaro tomonidan “Obod” ko‘chasining 1 kilometr qismini asfaltlash masalasida murojaat bildirildi.

🟢 Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.