Barcha yangiliklar
“TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Gallery image 232090
Gallery image 232091
Gallery image 232092
Gallery image 232093
Gallery image 232094
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
04 Sen 2026
17:56

“TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “5-Cheksaroy” saylov okrugi deputati S.Egamnazarova hududiga kiruvchi “Karimbobo” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

➡️O‘rganish davomida mazkur maktabda “Tashabbusli budjet” loyihasining 2026-yil 1-mavsumida “Maktabni ta’mirlash, qo‘shimcha bino qurish va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish” yo‘nalishidagi loyiha ilgari surilgani hamda 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ bilan g‘olib deb topilgani qayd etildi.

➡️ Hozirgi kunda g‘olib loyiha doirasidagi qurilish ishlari “ULUG‘BEK BUILDING INVEST” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni paytda qurilish obyektida beton quyish ishlari yakunlanib, g‘isht terish ishlari olib borilmoqda.

➡️ O‘rganish yakunida mas’ullarga qurilish ishlarini loyiha-smeta hujjatlari va belgilangan talablar asosida, sifatli amalga oshirish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.