Barcha yangiliklar
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLAR NAZORATIDA
Gallery image 232001
Gallery image 232002
Gallery image 232003
Gallery image 232004
Gallery image 232005
Gallery image 232006
Gallery image 232007
Gallery image 232008
Gallery image 232009
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
04 Sen 2026
17:08

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLAR NAZORATIDA

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLAR NAZORATIDA

📍 Olmazor tumanida ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazorati ostida.

🇺🇿 Yurtimizda inson manfaatlarini ta’minlash, aholi uchun munosib va qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi islohotlarning amaliy ifodasi sifatida ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

⚡️Shu maqsadda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqjonova tomonidan “Beruniy” MFY hududida joylashgan 249-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida maktabning elektr ta’minoti, tabiiy gaz bosimi, isitish tizimlari hamda mavsumni barqaror o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mavsumga tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

🗣 Deputat o‘quvchilarning xavfsizligi, salomatligi va ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratish masalasini alohida nazoratga olganini qayd etdi.

🇺🇿 Zero, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri — har narsadan ustun” degan ezgu tamoyilning mazmun-mohiyati ham har bir fuqaro, ayniqsa, yosh avlod uchun munosib sharoit yaratish, ularning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishda namoyon bo‘ladi.

📌 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari deputatlik nazorati doirasida izchil va doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.

🎥 Jarayonlar ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritib borilmoqda.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!