Barcha yangiliklar
“Senator yoshlar bilan uchrashdi”
Gallery image 27271
Gallery image 27272
Gallery image 27273
Gallery image 27274
Gallery image 27275
Gallery image 27276
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
07 Fev 2025
09:04

“Senator yoshlar bilan uchrashdi”

 “Senator yoshlar bilan uchrashdi” 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatori Kadirxanova Malika Akbarovna va tuman deputati Yusupov Doniyor Mirkadirovich tumandagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchi yoshlari bilan "Senator va yoshlar" uchrashuvini o‘tkazdi. 

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi va uchrashuv davomida yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, keng imkoniyat va sharoitlar haqida so‘z yuritilib, ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. 

Shuningdek senator, tumandagi Mirzo Ulug‘bek, Ma’rifat va Fidokor “mahall yettiligi” bilan uchrashib, bugungi kunda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaat va muammolar hamda ularning yechimi borasida tuman deputatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi. 

✍ Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi Axborot xizmati