Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi, tomorqalardan samarali foydalanish tajribasi ko‘zdan kechirildi
Gallery image 231507
Gallery image 231508
Gallery image 231509
Gallery image 231510
Gallery image 231511
Gallery image 231512
Gallery image 231513
Gallery image 231514
Gallery image 231515
Gallery image 231516
Gallery image 231517
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
02 Sen 2026
14:16

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi, tomorqalardan samarali foydalanish tajribasi ko‘zdan kechirildi

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi, tomorqalardan samarali foydalanish tajribasi ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqobod saylov okrugi deputati N. Ruziyeva hamda Kengash mutaxassisi T. Murodov tomonidan deputat saylangan Orol MFY hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, muammolari va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududdagi xonadonlarda yerdan unumli va samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Xususan, ayrim xonadonlarda parniklar tashkil etilgani, ularda turli ekinlar yetishtirilayotgani, shuningdek, mevali daraxtlar ekilib, tomorqa yerlaridan samarali foydalanilayotgani ko‘zdan kechirildi.

Bunday tajriba xonadonlarning bo‘sh yer maydonlaridan oqilona foydalanish, oilaviy daromadlarni oshirish, aholini bandligini ta’minlash hamda hududda oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputat tomonidan fuqarolarga tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, parnik xo‘jaligini rivojlantirish va mevali daraxtlarni parvarish qilish borasida tavsiyalar berildi.

📌 Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topishga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🇺🇿 Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, samarali tomorqa — oilaga baraka va daromad!