Barcha yangiliklar
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiridagi ishtirok
Gallery image 231290
Gallery image 231291
Gallery image 231292
Gallery image 231293
Gallery image 231294
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
04 Sen 2026
09:51

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiridagi ishtirok

#bilimlar_kuni #Uchtepa_deputatlari #tabrik #Birinchi_qongiroq #yangi_oquv_yili #Talim

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiridagi ishtirok

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “19-Farxod” saylov okrugi deputati, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

🧠 Tadbir davomida Ilhomjon Madaminovich o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z so‘zida yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, Vatanga munosib farzand bo‘lib voyaga yetishida ta’limning muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

📈 Shuningdek, maktab jamoasiga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar, o‘quvchilarga esa ulkan zafarlar va yuqori natijalar tiladi.

📇 “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda, bayramona ruhda o‘tkazildi.