Barcha yangiliklar

KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
03 Sen 2026
20:14
BOGʻOT TUMANIDA “TASHABBUSLI BUDJET” TAKLIFLARI MUHOKAMA QILINDI
2026-yil 2-bosqichida “Gʻolib” deb topilgan 9 ta taklif uchun jami 14 mlrd 507 mln 570 ming soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilangan.
Mablagʻlar mahallalardagi ichki yoʻllarni asfaltlash, maktablarni taʼmirlash, sport zallari va maydonchalarni obodonlashtirish kabi loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga 85 mln soʻm mablagʻ yoʻnaltirish masalasi ham koʻrib chiqildi.