Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR   XALQ  ORASIDA
Gallery image 27173
Gallery image 27174
Gallery image 27175
Gallery image 27176
Gallery image 27177
Gallery image 27178
Gallery image 27179
Gallery image 27180
Gallery image 27181
RAXMATOV ALISHER OBIDOVICH
06 Fev 2025
17:19

DEPUTATLAR XALQ ORASIDA

 Aholi turmush farovonligini yaxshilash, muammolarini joyida hal etish, odamlarda adolatga, davlatga ishonchni mustahkamlash davlat idoralari, rahbarlar oldidagi ustuvor vazifaga aylandi. Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari deputatlari ham oʻz hududlarida aholini qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganmoqdalar, xalq bilan fikrlashib, kamchiliklarning aksariyatiga shu joyning oʻzida yechim topishga erishyaptilar. 

Bugun Vobkent tumani "Charmgaron" mahalla fuqarolar yigʻinida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Raxmonov tomonidan joylardagi mavjud muammolarni hal etishda mahalla faollari bilan birgalikda ish olib bormoqda.  

Uchrashuvda “Charmgaron”, “Doʻstlik”, “Quruvchi”, “Vobkent” mahalla fuqarolar yigʻinlaridan yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi. 

Bu jarayonda saylovchilarning murojaatlari eʻtiborsiz qolmayapti. Shuningdek, fuqarolarni oʻylantirib kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Tegishli idora va tashkilotlar vakillarining ishtiroki aksariyat muammolarni shu yerning oʻzida hal etishda turtki boʻldi.