Barcha yangiliklar
Qo‘qon shahridagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi
Gallery image 231052
Gallery image 231053
Gallery image 231054
Gallery image 231055
Gallery image 231056
Gallery image 231057
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
03 Sen 2026
18:39

Qo‘qon shahridagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov boshchiligida shahardagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Bayram tadbirida maktab jamoasi, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘quvchilar va ustozlarni samimiy muborakbod etib, ularga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yuqori natijalar tilaklari bildirildi.

Tadbirda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodga sifatli va zamonaviy bilim berish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelajakda o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi