Barcha yangiliklar
💊 Aholiga bepul dori vositalari yetkazib berilishi — deputat nazoratida
Gallery image 230986
Gallery image 230987
Gallery image 230988
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
03 Sen 2026
18:28

💊 Aholiga bepul dori vositalari yetkazib berilishi — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich tomonidan “Naymanko‘l” OFY hududidagi 1-Nayman saylov okrugida joylashgan Oilaviy shifokorlik punktida olib borilgan o‘rganishlar davom ettirildi.

🔎 O‘rganishning navbatdagi yo‘nalishi aholiga bepul taqdim etiladigan dori vositalarining yetarliligi, ularning mavjudligi hamda ehtiyojmand fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalarga qaratildi.

📋 O‘rganish davomida mavjud dori vositalari holati ko‘zdan kechirilib, aholining zarur dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va zarur dori vositalari bilan ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.