Barcha yangiliklar
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
Gallery image 230943
Gallery image 230944
Gallery image 230945
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
03 Sen 2026
17:54

Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi

 Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi 

  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Shukurov, Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi Kotibiyat mudiri A. Yursunov hamda tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Oltiariq tuman Kengashi raisi A. Ergashev tomonidan “Ochiq byudjet” loyihasida ishtirok etgan, biroq yetarli ovoz to‘play olmay, g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar o‘rganildi. Jumladan, Oltiariq tumani Markaziy kutubxonasi binosining mavjud holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida kutubxonada kitobxonlar va foydalanuvchilar uchun yetarli xonalar mavjud emasligi, mavjud imkoniyatlar zamonaviy kutubxonachilik xizmatlarini
to‘laqonli tashkil etish uchun cheklanganligi aniqlandi.
Mazkur muammoni bartaraf etish, kutubxonaning moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilash hamda aholiga yanada qulay sharoit yaratish masalalari yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.