Barcha yangiliklar
Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi
Gallery image 230781
Gallery image 230782
Gallery image 230783
Gallery image 230784
Gallery image 230785
Gallery image 230786
Gallery image 230787
Gallery image 230788
Gallery image 230789
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
03 Sen 2026
16:24

Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi

Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi

56 ta maktabda 23322 nafar o‘quvchi "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri bilan darslarni boshlashdi.

3003 nafar bolajonlar 1-sinfga qadam qo‘yishdi. Ularga Prezident sovg‘alari, o‘quvchiga mos sumka va o‘quv qurollari tantanali ravishda topshirildi.

Xususan, 60-umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati - tuman hokimi Ixtiyor Kasimov yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda bunday qulayliklardan unumli foydalanish lozimligi to‘g‘risida taʼkidladi.

Shuningdek, tuman hokimi taʼlim dargohiga ilk qadamini qo‘ygan bolajonlarga Prezident sovg‘alarini taqdim etdi va boshlanayotgan yangi o‘quv yilida omadlar tiladi.

Maʼlumot uchun, maktab 2011-yil qurilgan boʻlib, o‘quvchi soni ko‘payganligi uchun joriy yilda qo‘shimcha 240 o‘rinli bino qurildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!