Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 230677
Gallery image 230678
Gallery image 230679
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
03 Sen 2026
16:01

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Axmedova Gulchexra Uralovna “Alisherobod”, “Iqtidor” va “Zakovat” mahallasi saylovchilariga 2026-yilning 2-choragi bo‘yicha axborot berdi.

Tadbirda tuman hokimligi va ayrim mutasaddi tashkilot vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan axborot uchrashuvida asosiy e’tibor hududda obodonlashtirish, ijtimoiy soha, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga qaratildi.

Uchrashuv so‘ngida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob va tegishli tushuntirishlar oldilar.