Barcha yangiliklar
NAVBAHOR MAHALLASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI.
Gallery image 230615
Gallery image 230616
Gallery image 230617
Gallery image 230618
XURRAMOV LAZIZ FAXRIDDIN O‘G‘LI
03 Sen 2026
15:10

NAVBAHOR MAHALLASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Shoira Qo‘ziyeva tomonidan Navbahor mahallasidagi mavjud holat, obodonlashtirish ishlari hamda mahalla faoliyatiga oid hujjatlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududining obodonchiligi, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda hududni yanada obod va ko‘rkam qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahallaga tegishli papkalar va hujjatlar ko‘rib chiqilib, ularning yuritilishi, murojaatlar bilan ishlash hamda belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov ham ishtirok etib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahallada ishlarini yanada yaxshilash hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish belgilandi.