Barcha yangiliklar
🎒 Maktab ostonasida yangi umidlar va ezgu niyatlar!
Gallery image 230604
Gallery image 230605
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
03 Sen 2026
15:11

🎒 Maktab ostonasida yangi umidlar va ezgu niyatlar!

🇺🇿 Shovot tumanidagi 49-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
👩‍🏫 Tadbirda xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Polvanova Zebo Omonboyevna ishtirok etib, o‘quvchilar va ustozlarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
📚 Tadbir davomida ta’lim-tarbiya jarayonining ahamiyati, yoshlarning bilim olishi va kelajakdagi ezgu maqsadlari haqida fikrlar bildirildi.
✨ Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, yangi marralar va yangi imkoniyatlar sari dadil qadam!