Barcha yangiliklar
📚 MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA TIZIMI O‘RGANILDI
Gallery image 230559
Gallery image 230560
Gallery image 230561
Gallery image 230562
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
03 Sen 2026
15:04

📚 MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA TIZIMI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna, Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda bosh mutaxassis U. Ro‘zmetov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimidagi mavjud holat o‘rganildi.
⚖️ O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son Qonuni talablari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda muassasalarning moddiy-texnik holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
📌 Bola tarbiyasi va uning farovonligi — doimo e’tiborda!
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram