Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 230531
Gallery image 230532
Gallery image 230533
Gallery image 230534
Gallery image 230535
Gallery image 230536
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
03 Sen 2026
14:37

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

 SESSIYA VA DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

❇️  Mahalliy Kengashlarning o‘zaro tajriba almashishini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafigi asosida Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati vakillarining Guliston shahar Kengashiga tashrifi davomida sessiyalar va doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish tajribasi o‘rganildi.

📚 Tashrif jarayonida Kengash sessiyalarini tayyorlash va o‘tkazish, doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish, kun tartibi va bayonnomalarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli hujjatlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy tajriba almashildi.

✅ O‘rganish davomida sessiya va doimiy komissiyalar faoliyatini hujjatlashtirishda samarali ish usullari muhokama qilinib, ilg‘or tajribalarni Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati faoliyatiga tatbiq etish masalalariga e’tibor qaratildi.