Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
Gallery image 230468
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
03 Sen 2026
11:56

DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 18-Markaziy saylov okrugi deputati Sh.Karimov tomonidan Do‘stlik mahallasidagi Y.Rajabiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati o‘rganilib, tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Fuqarolar murojaatida ko‘chadagi mavjud elektr simyog‘ochlarni beton simyog‘ochlarga almashtirish masalasi ko‘tarilgan. Mazkur holat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun xavfsiz sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.

Murojaatda ko‘rsatilgan masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

🤝 Aholi murojaatlari deputatlik nazoratida!