Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 230414
Gallery image 230415
Gallery image 230416
Gallery image 230417
Gallery image 230418
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
03 Sen 2026
11:06

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🏫 DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDAGI MUAMMO VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugi deputati O. Umarovning saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida joylashgan 53-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganish davomida maktab rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim muassasasida mavjud muammo va kamchiliklar, shuningdek, takliflar atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Maktab faoliyatini yanada yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoni uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli masalalar belgilab olindi.

📌 Aholi va ta’lim muassasalari bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube