Barcha yangiliklar
Taxiatosh tumanidagi 6-sonli maktabda “Bilimlar kuni” va qo‘shimcha o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 230186
Gallery image 230187
Gallery image 230188
Gallery image 230189
Gallery image 230190
Gallery image 230191
Gallery image 230192
Gallery image 230193
Gallery image 230194
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
02 Sen 2026
22:24

Taxiatosh tumanidagi 6-sonli maktabda “Bilimlar kuni” va qo‘shimcha o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Taxiatosh tumanidagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Bilimlar kuni” keng nishonlanib, yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘iroqlari chalindi.

Xususan, tumandagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bu yilgi tadbirlar qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-454-sonli qaroriga asosan, Investitsiya dasturi doirasida to‘liq rekonstruksiya qilingan va foydalanishga topshirilgan 420 o‘rinli zamonaviy qo‘shimcha o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Marosimda tuman hokimi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbayevich ishtirok etib, yig‘ilganlarni eng ulug‘ va eng aziz bayram — Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi, yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda barcha qulayliklarga ega yangi inshootning ochilishi bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” tantanali ravishda topshirildi. Ushbu zamonaviy ta’lim maskani tuman yoshlarining sifatli bilim olishlari va kelajakda yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan mutaxassislar bo‘lib yetishishlarida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishi alohida ta'kidlandi.