Barcha yangiliklar
«Kelajak markazi» faoliyati o‘rganildi
Gallery image 230155
Gallery image 230156
Gallery image 230157
Gallery image 230158
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
02 Sen 2026
20:24

«Kelajak markazi» faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Taxiatosh tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Xudaybergenov bilan birgalikda tumandagi «Kelajak markazi» faoliyatini o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida markazda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda faoliyatning yo‘lga qo‘yilganlik holati bilan tanishildi.

Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish va markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.