Barcha yangiliklar
“Turkiston” mahallasida Mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 230131
Gallery image 230132
Gallery image 230133
Gallery image 230134
Gallery image 230135
Gallery image 230136
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
02 Sen 2026
19:41

“Turkiston” mahallasida Mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — mahallada aholi bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, Mahalla yettiligi faoliyatini o‘rganish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat davomida Mahalla yettiligi a’zolarining o‘zlariga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi xonadonlarini o‘rganish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, “Turkiston” mahallasida mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, mahalladagi obodonlashtirish, infratuzilma, yo‘l va ichki hududlarni tartibga keltirish, aholi bandligi, ijtimoiy himoya, murojaatlar bilan ishlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Mahalla yettiligi a’zolari tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, muammolarni joyida o‘rganish, ularning sabablarini aniqlash va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan Mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, hududdagi muammolarni tizimli ravishda o‘rganib borish, aniqlangan kamchiliklarni mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda bartaraf etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi