Barcha yangiliklar
Tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Gallery image 230119
Gallery image 230120
Gallery image 230121
Gallery image 230122
Gallery image 230123
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
02 Sen 2026
19:38

Tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi S.Kenjayevning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholini tadbirkorlikka jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Jumladan, Pustinduz 4-uyda yashovchi fuqaro Z.Boymirzayevaga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish natijasida hozirgi kunda fuqaro Z.Boymirzayeva tomonidan umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etilgan.

Ayni paytda Z.Boymirzayeva oila a’zolari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borib, o‘zlari uchun barqaror daromad manbaini yaratgan.

O‘rganish davomida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kelgusida faoliyat ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi