Barcha yangiliklar
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlariga amaliy yordam ko‘rsatildi
Gallery image 230063
Gallery image 230064
Gallery image 230065
Gallery image 230066
Gallery image 230067
Gallery image 230068
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
02 Sen 2026
19:28

Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlariga amaliy yordam ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati A.Mamatkulov tomonidan 28-"Shikorbegi" saylov okrugi hududidagi "Muqimiy shaharchasi" mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 60 ta ehtiyojmand oilaning farzandlariga homiylik asosida maktab sumkalari tarqatildi.

Mazkur amaliy ko‘mak o‘quvchilarni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rishlariga ko‘maklashish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlod uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi