Barcha yangiliklar









KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
02 Sen 2026
17:45
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
ASFALTLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Egamqulova tomonidan A.Navoiy mahallasi Sayxun ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
Ayni paytda ko‘chada asfalt yotqizish ishlari davom etayotgan bo‘lib, deputat tomonidan ish jarayonining belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yo‘lning sifatli holatda foydalanishga topshirilishi, mavjud kamchiliklarning oldini olish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.