Barcha yangiliklar















KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
02 Sen 2026
17:43
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Axmedov tomonidan Yangi hayot mahallasi Buloqboshi ko‘chasida ko‘cha boshisi Y.Najmiddinov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida ko‘cha aholisi tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi. Jumladan, yangi o‘rnatilgan tungi yoritish chiroqlarining ishlamayotgani, ko‘chaga ichimlik suvi yetib kelmayotgani hamda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Deputat tomonidan murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalar joyida o‘rganilib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.