Barcha yangiliklar
Senator Urgut tumanidagi davlat dasturlari ijrosi bilan tanishdi.
Gallery image 229694
Gallery image 229695
Gallery image 229696
Gallery image 229697
Gallery image 229698
Gallery image 229699
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
18 Avg 2026
17:25

Senator Urgut tumanidagi davlat dasturlari ijrosi bilan tanishdi.

Senator Urgut tumanidagi davlat dasturlari ijrosi bilan tanishdi.

✅Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullaev Baxrom Ismoilovich, Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi raisi Axmedova Surayyo Toirovna, mazkur hudud deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna, mahalla raisi hamda mahalla jamoatchilik vakillari ishtirokida Binokor mahallasida qurilayotgan yangi 660 o‘rinli maktabda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

🤔Ayni vaqtda qurilish ishlari deyarli yakunlangan. Maktab binosining tashqi fasad qismini ranglash, ichki qismida esa pardozlash ishlari hamda pol qismini ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

🌀O‘rganish davomida qurilishning amaldagi holati ko‘zdan kechirilib, qolgan ishlarni yakunlash jarayoni yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

💠Quruvchi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, obyekt bo‘yicha qolgan ishlarni yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar deyarli yakunlash rejalashtirilganligini aytib o'tdi.