Barcha yangiliklar
Senator tomonidan Go‘zalkent mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalari o‘rganildi
Gallery image 229684
Gallery image 229685
Gallery image 229686
Gallery image 229687
Gallery image 229688
Gallery image 229689
Gallery image 229690
Gallery image 229691
Gallery image 229692
Gallery image 229693
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
17 Avg 2026
17:23

Senator tomonidan Go‘zalkent mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalari o‘rganildi

Senator tomonidan Go‘zalkent mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalari o‘rganildi

💠 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Bahrom Ismoilovich, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi raisi Shuxrat Negmatov, Oqdaryo tuman hokimi Temur Maxmudov, Kotibiyat mudiri Dildora Adilova hamda tegishli mutasaddi va mas’ullar ishtirokida 21-Go‘zalkent saylov okrugiga qarashli Go‘zalkent mahallasida hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, obodonlashtirish va "Dolzarb 40 kunlik" masalalari yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

👍 O‘rganish davomida mahalla binosini zamonaviy talablar asosida qayta qurish va rekonstruksiya qilish, uning atrofida zamonaviy mahalla guzari tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hududni zamonaviy va fayzli “obod maskan”ga aylantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🌳 Shuningdek, mahalla hududida yashil hududlar, piyodalar yo‘laklari, dam olish maskanlari va jamoat foydalanishidagi obodonlashtirish obyektlarini tashkil etish, mavjud infratuzilmani bosqichma-bosqich yaxshilash hamda aholiga qulay va munosib yashash muhitini yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

👍Go‘zalkent mahallasini yanada obod, zamonaviy va aholi uchun qulay maskanga aylantirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda infratuzilma obyektlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettiriladi.