Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 229668
Gallery image 229669
Gallery image 229670
Gallery image 229671
Gallery image 229672
Gallery image 229673
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
02 Sen 2026
17:20

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Oqoltin tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tadbirlarda o‘quvchilar, ustozlar, ota-onalar bilan bir qatorda tuman hokimligi vakillari, tashkilot va muassasa rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Y.Jo‘rayev 11-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida qatnashib, maktab jamoasi va o‘quvchilarni Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhimligi ta’kidlandi. O‘quvchilarga yangi o‘quv yilida a’lo baholar, katta yutuqlar va ezgu maqsadlari sari dadil qadamlar tilandi.