Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 229657
Gallery image 229658
Gallery image 229659
Gallery image 229660
Gallery image 229661
Gallery image 229662
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
02 Sen 2026
17:15

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Oqoltin tumanida "Bilimlar kuni" ko‘tarinki ruhda nishonlandi

Bugun, Oqoltin tumanidagi barcha maktablarda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan "Bilimlar kuni" keng nishonlandi. O‘tkazilgan tadbirlarda tuman hokimi, hokimlik, tashkilot va muassasa rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev 7-sonli umumta’lim maktabida tashkillashtirilgan tadbirda ishtirok etib, barchani mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi hamda boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Yosh avlod vakillariga yuksak marralar sari dadil parvoz etib, ilm-ma’rifat cho‘qqilarini zabt etishlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishiga tilaklar bildirildi.