Barcha yangiliklar
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH.
Gallery image 229643
Gallery image 229644
Gallery image 229645
Gallery image 229646
XURRAMOV LAZIZ FAXRIDDIN O‘G‘LI
02 Sen 2026
17:07

NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul Abdullayevna tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘quv anjomlari hamda mebellarni xarid qilish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida o‘quv anjomlari va mebellarni amaldagi talablariga muvofiqligi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Xurramov ham faol ishtirok etdi.Shundan so'ng bolajonlar oziq -ovqat zahiralari ham ko'zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xarid jarayonlarida qonuniylik va ochiqlikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Deputatlik nazorati — qonuniylik, shaffoflik va xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim vositasidir.