Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 229619
Gallery image 229620
Gallery image 229621
Gallery image 229622
Gallery image 229623
Gallery image 229624
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
02 Sen 2026
17:02

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

 OQOLTINDA “BILIMLAR KUNI” KO‘TARINKI KAYFIYATDA NISHONLANDI

Oqoltin tumanidagi umumta’lim maktablarida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Bayram tadbirlarida tuman hokimligi, tashkilot va muassasalar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, pedagoglar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Qorayeva 16-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar va ustozlarni Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etib, yosh avlodga bilim olish, izlanish va kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.