Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 229606
Gallery image 229607
Gallery image 229608
Gallery image 229609
Gallery image 229610
Gallery image 229611
Gallery image 229612
Gallery image 229613
Gallery image 229614
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
02 Sen 2026
16:59

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Oqoltin tumanida yana bir muhim ijtimoiy obyekt — 15-sonli umumta’lim maktabining 480 o‘rinli yangi qo‘shimcha o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati — Oqoltin tuman hokimi X.Suvonov, deputat J.Usmonov hamda mas’ullar, pedagoglar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Avval maktabning 360 o‘rinli mavjud binosida o‘quvchilar ikki smenada ta’lim olgan bo‘lsa, yangi binoning foydalanishga topshirilishi natijasida bu muammo bartaraf etilib, o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va munosib ta’lim sharoitlari yaratildi.

Yangi binoda zamonaviy sinfxonalar, sport zali, fan kabinetlari hamda fankoyl tizimi bilan jihozlangan xonalar tashkil etilgan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun to‘siqsiz muhit yaratilib, lift va maxsus infratuzilma bilan ta’minlangan.