Barcha yangiliklar
“KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” — AMALIY HAMKORLIK
Gallery image 229566
Gallery image 229567
Gallery image 229568
Gallery image 229569
Gallery image 229570
Gallery image 229571
Gallery image 229572
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
02 Sen 2026
16:39

“KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” — AMALIY HAMKORLIK

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Raxmatullayeva tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining bajarilishi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-41-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Imkoniyatlar olamida” tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.