Barcha yangiliklar
BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARIGA PREZIDENT SOVG‘ALARI TOPSHIRILDI
Gallery image 229534
Gallery image 229535
Gallery image 229536
Gallery image 229537
Gallery image 229538
Gallery image 229539
Gallery image 229540
Gallery image 229541
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
02 Sen 2026
16:36

BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARIGA PREZIDENT SOVG‘ALARI TOPSHIRILDI

Bugun Andijon shahridagi barcha maktablarda bo‘lgani kabi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham “Bilimlar kuni” va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy qismidan so‘ng Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi E.Karimov maktabning birinchi sinfiga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilar bilan uchrashib, ularga Prezident sovg‘alarini topshirdi.

Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar, ota-onalar va ustozlarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etib, ularga omad va zafarlar tiladi.

Yangi o‘quv yili maktab jamoasi uchun ulkan yutuqlar, sifatli ta’lim va ilm-ma’rifat yili bo‘lishi tilaklari bildirildi.