Barcha yangiliklar





OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
02 Sen 2026
16:33
6-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
Yangi qurilib, foydalanishga topshirilgan Andijon shahridagi 6-oilaviy poliklinika aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov o‘z saylov okrugidagi 6-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, zamonaviy isitish tizimlarining holati hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tashkil etilgan burchak bilan tanishildi.