Barcha yangiliklar
Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifati deputatlik nazoratida
Gallery image 229454
Gallery image 229455
Gallery image 229456
Gallery image 229457
Gallery image 229458
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
02 Sen 2026
16:26

Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifati deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 17-«Do‘stlik» saylov okrugidan saylangan deputat Sidnenko Vera Viktorovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov «Do‘stlik» mahallasidagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar va ta’lim-tarbiya jarayoni bilan tanishdilar.

90 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur bog‘cha yangidan qurilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy mashg‘ulot xonalari, yotoqxonalar, oshxona, o‘yin va sayr maydonchalari hamda boshqa zarur infratuzilmalar mavjud.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor yaratilgan imkoniyatlardan oqilona va samarali foydalanish, mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi.

Deputat tomonidan muassasa mas’ullariga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni asrab-avaylash va ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.