Barcha yangiliklar
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
Gallery image 229444
Gallery image 229445
Gallery image 229446
Gallery image 229447
Gallery image 229448
Gallery image 229449
Gallery image 229450
Gallery image 229451
Gallery image 229452
Gallery image 229453
NISHANBEKOVA UMIDA ABDUJABBAROVNA
02 Sen 2026
16:23

#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati


Jumladan, “17-Yorqinhayot” okrugi deputati B. Erkaboyev tomonidan okrug hududidagi 566-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) yangi o‘quv yilining boshlanishi va muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalari, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatli tashkil etilganligi hamda zamonaviy jihozlanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlari va mavsumiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar nazoratga olindi.

Deputat ta’lim muassasasi rahbariyati va xodimlari bilan muloqot qilib, ularni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi. Aniqlangan ba’zi masalalarni joyida hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Ushbu qilingan sa’y-harakatlar yurtimizda bolajonlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirishga va ijtimoiy soha obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan.