Barcha yangiliklar
63 MINGDAN ZIYOD AHOLIGA XIZMAT QILUVCHI POLIKLINIKA YANGILANDI
Gallery image 229432
Gallery image 229433
Gallery image 229434
Gallery image 229435
Gallery image 229436
Gallery image 229437
Gallery image 229438
Gallery image 229439
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
29 Avg 2026
00:00

63 MINGDAN ZIYOD AHOLIGA XIZMAT QILUVCHI POLIKLINIKA YANGILANDI

Andijon shahri Sanoat mahallasida joylashgan 6-sonli oilaviy poliklinika to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi.

Qariyb 10 mlrd so‘m investitsiya dasturi asosida yangilangan ushbu tibbiyot muassasasi bir kunda 700 qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, 14 ta MFYdagi 63 mingdan ziyod aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Ochilish marosimida Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Elyorbek Karimov ishtirok etib, tibbiyot xodimlarini tabrikladi va ularga yangi maskanda kuch-g‘ayrat hamda muvaffaqiyat tiladi.