Barcha yangiliklar







OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
27 Avg 2026
00:00
Bozorlarda xavfsiz muhit va oziq-ovqat xavfsizligi o‘rganildi
Respublika ishchi guruhi bilan birgalikda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov tomonidan Andijon shahridagi “Markaziy dehqon bozori”da o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida bozorda xavfsiz muhitni ta’minlash, aholi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mavjud holat tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.