Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 229244
Gallery image 229245
Gallery image 229246
Gallery image 229247
Gallery image 229248
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
02 Sen 2026
15:01

Kengash_faoliyati

#KENGASH_RAISI_BIRINCHI_QO‘NG‘IROQ_TADBIRIDA

Bandixon tumanida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri: Tuman Kengashi raisi E.Jurayev 36-maktab o‘quvchilarini tabrikladi

Bandixon tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi, 18-“Navro‘z” saylov okrugi deputati E.N.Jurayev "Navro‘z" mahallasidagi 36-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida qatnashdi.

Tadbir Davlat madhiyasining ijrosi bilan boshlanib, so‘zga chiqqanlar ta’lim sohasidagi islohotlar, yosh avlod uchun yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar haqida ta’kidlab, o‘quvchilarga samimiy tilaklarini bildirdilar. Tantanali marosimda maktabga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga zamonaviy maktab sumkasi va o‘quv qurollaridan iborat "Prezident sovg‘alari" topshirildi.