Barcha yangiliklar
Birinchi qo‘ng‘iroq
Gallery image 229219
Gallery image 229220
Gallery image 229221
Gallery image 229222
Gallery image 229223
Gallery image 229224
ATANAZAROV DONIYOR KUVANDIKOVICH
02 Sen 2026
14:45

Birinchi qo‘ng‘iroq

Bugun 2026-yil 2-sentyabr kuni Xo‘jayli tumanidagi barcha 42-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak quramiz!" shiori ostida yangi o‘quv yilining birinchi qo‘ng‘irog‘i chalinib, dastlabki dars soatlari bayram bilan boshlandi. Tuman hokimi, Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati J.Ermashev "Qirqinchi" mahallasida joylashgan
35-sonli maktabda o‘tkazilgan bayram tantanasida bo‘lib, hurmatli Prezidentimizning maktab o‘quvchilari va ustozlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi va barchani yangi 2026-2027-o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi. Tadbir davomida 1-sinfga qadam qo‘yayotgan bolalarimizga maxsus "Prezident sovg‘alari" tantanali ravishda topshirildi, 11-sinf o‘quvchilari uchun birinchi "Kelajak soati" o‘tkazildi.