Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 229208
Gallery image 229209
Gallery image 229210
Gallery image 229211
Gallery image 229212
Gallery image 229213
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Sen 2026
14:47

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📚 “Bilimlar kuni”da deputatlar faol ishtirok etmoqda

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin-Hakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov 20-sonli umumta’lim maktabida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi.

🔔 Tadbirda o‘quvchilar, ustozlar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etib, yosh avlodga puxta bilim va munosib tarbiya berish yo‘lida pedagoglarga muvaffaqiyatlar tilandi.

🎓 Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga samimiy tilaklar bildirilib, ularga bilim olish yo‘lida omad va zafarlar tilandi.

Yangi o‘quv yili barchaga ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin! 🇺🇿

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube