Barcha yangiliklar
2-sentabr - “Bilimlar kuni” munosabati bilan Marg‘ilon shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 229196
Gallery image 229197
Gallery image 229198
Gallery image 229199
Gallery image 229200
Gallery image 229201
Gallery image 229202
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
02 Sen 2026
14:42

2-sentabr - “Bilimlar kuni” munosabati bilan Marg‘ilon shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.


Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga 9-Vatan saylov okrugidan saylangan deputat Mirzayev M.X. ham ishtirok etdi.
Tadbirda deputat yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kelajakda munosib insonlar bo‘lib voyaga yetishi muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Deputat, Prezidentimizning 2-sentabr — “Bilimlar kuni” munosabati bilan o‘quvchi-yoshlarga, ustozlarga hamda ota-onalarga yo‘llagan tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, deputat maktab jamoasi, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. O‘quvchilarga bilim olishda, yangi marralarni zabt etishda muvaffaqiyat, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat tiladi.