Barcha yangiliklar
Fuqarolar qabuli
Gallery image 26960
Gallery image 26961
Gallery image 26962
Gallery image 26963
XALILOVA DILDORA SAYPIDINOVNA
05 Fev 2025
17:26

Fuqarolar qabuli

    

     Joriy yilning 4 fevral kuni Bo‘ka tumani "Jag'albayli" MFY binosida Kengash raisi B.Begmatov, Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov, deputat M.Abdulazizova, “mahalla yettiligi”, tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi. 

        Ushbu qabulda 9 nafar fuqarolar tomonidan ijtimoiy nafaqalar, kredit, ish bilan ta’minlash, kommunal va tibbiyot sohalariga oid masalalar yuzasidan 12 ta murojaatlar kelib tushdi. 

         Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi.

        Shuningdek, "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyilini amaliyotga tadbiq etish, bunda faqatgina qishloq xo'jaligi yerlari bilan cheklanib qolmasdan "mahalla drayveri"dan kelib chiqqan holda bir mahalladagi aholi tomorqalarida asosan bir turdagi mahsulotlarni yetishtirish, bu esa o'z navbatida yetishtirilgan mhsulotni sotishda ham qulay bo'lishi, bir qarich yerdan ham unumli foydalanib yuqori daromadga erishish to‘g‘risida aniq misollar bilan ma'lumot berib o'tildi.