Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 229158
Gallery image 229159
Gallery image 229160
Gallery image 229161
Gallery image 229162
Gallery image 229163
Gallery image 229164
Gallery image 229165
Gallery image 229166
Gallery image 229167
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
02 Sen 2026
14:35

Kengash_faoliyati

📚 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MARRALAR SARI ILK QADAM!

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tantanali “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i jaranglab, maktab bag‘rini yana bolalarning beg‘ubor kulgisi, quvonchi va ezgu orzulari to‘ldirdi.

🇺🇿 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yangi o‘quv yili munosabati bilan maktab o‘quvchilari, ustoz va murabbiylarga yo‘llangan bayram tabrigi Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X. Abdimo‘minov tomonidan o‘qib eshittirildi.

Zero, bilim — kelajak poydevori, ustoz — ma’rifat yo‘lboshchisi, yoshlar esa Yangi O‘zbekistonning bunyodkor kuchidir.

Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimizga ulkan zafarlar, ustozlarimizga kuch-g‘ayrat va sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar olib kelsin!