Barcha yangiliklar
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
Gallery image 229009
Gallery image 229010
Gallery image 229011
Gallery image 229012
Gallery image 229013
Gallery image 229014
Gallery image 229015
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
02 Sen 2026
13:28

Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi

 Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi 

  

Zamonaviy taʼlim tizimini rivojlantirish, farzandlarimizga sifatli bilim va tarbiya berish yoʻlidagi sayʼi-harakatlar
yana bir muhim natija bilan boyidi — tumanimizda "Albion" xususiy maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda Oltiariq tuman hokimi Sh.Turdaliyev, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Rahimov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Sh.Turdaliyev va X.Rahimov soʻzga
chiqib, yangi maktab jamoasiga taʼlim-tarbiya sohasidagi ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar hamda yoshlarimizning zamonaviy bilim olishlari uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlarning ahamiyatini alohida taʼkidladilar.
Ramziy tasma kesilib, yangi taʼlim dargohi rasman faoliyatga tushirildi. Maktabda oʻquvchi va ustozlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.