Barcha yangiliklar
YANGI O‘QUV YILIGA MUNOSIB TAYYORGARLIK
Gallery image 228721
Gallery image 228722
Gallery image 228723
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
27 Avg 2026
00:00

YANGI O‘QUV YILIGA MUNOSIB TAYYORGARLIK

Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida umumta’lim maktablarida obodonlashtirish va tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov o‘z tashabbusi bilan 51-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, obodonlashtirish ishlari, ta’lim olish uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda maktab hududining sanitariya va tozalik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.